Barcha yangiliklar
Uchquduq tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy yilning 19-may kuni hududdan saylangan viloyat Kengashi deputati Sh.Narbadalov va tuman Kengashi deputati M.Ravshanovalar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 41250
Gallery image 41251
Gallery image 41252
Gallery image 41253
Gallery image 41254
Gallery image 41255
Gallery image 41256
Gallery image 41257
Gallery image 41258
Gallery image 41259
NASIROVA SARVINOZ SHEROLIYEVNA
20 May 2025
10:43

Uchquduq tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy yilning 19-may kuni hududdan saylangan viloyat Kengashi deputati Sh.Narbadalov va tuman Kengashi deputati M.Ravshanovalar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchquduq tumanidagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy yilning 19-may kuni hududdan saylangan viloyat Kengashi deputati Sh.Narbadalov va tuman Kengashi deputati M.Ravshanovalar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

 

Deputatlarning o‘rganishlari natijasida tashkilotda ish hujjatlarning yuritilish ahvoli yaxshi tashkil etilganligi guvohi bo‘lindi. Tashkilot ish rejasi tuzilgan, pedagogika kengashi bor, kuzatuv kengashi bor, umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilgan, yo‘riqnomalarning ahvoli yaxshi, xodimlarning ish vaqti hisobini yuritish tabeli joyida yuritilgan.

Tashkilotning metodisti, psixologi, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, defektolog va tarbiyachilar ish hujjatlarining ahvoli yaxshi yuritilgan. Pedagoglar uchun maslahatlar berildi. Mahorat maktablari xodimlar bilan suhbat shaklida bilim ko‘nikmalari o‘rganildi. 

Tashkilot mudirasining uch yillik istiqbol dasturi ijrosi o‘rganildi. Guruh faoliyatini o‘rganishi bo‘yicha mashg‘ulot tahlili olib borilgan.

Tarifikatsiya va shtat jadvali hamda moddiy rag‘batlantirish asoslovchi hujjatlari yuritib borilgan. Korrupsiya va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida amaliy ishlar olib borilgan. Joriy yilning hisobot davriga 7 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.

Ta’lim sifati ahvoli yaxshi, guruhda o‘quv didaktik materiallar tashkil etilgan, bolalar adabiyoti bilan ta’minlangan va ulardan ta`lim jarayolaridan foydalanish ahvoli yaxshi tashkil etilgan.

Tarbiyachilarning ish hujjatlarining yuritilishi ish jurnali yuritilgan, tabel-filtr, bolaning rivojlanish xaritasi va bolalar portfoliosi joyida olib borilgan.

Tarbiyalanuvchilarning qiziqishi va qobiliyatiga ko‘ra to‘garaklar va pullik ta'lim-tarbiya xizmati tashkil etilgan.

Hamshira tomonidan yuritiladigan 19 turdagi jurnallarning yuritilishi hamda taomnomalari to‘g‘ri yuritilgan.

Omborxonaning sanitariya qoidalariga javob beradi, oshxonaning umumiy ahvoli yaxshi, мahsulotlarning saqlanish muddatiga va qoidalariga rioya qilingan.

Tashkilotda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari muntazam ravishda olib borilgan.

Tashkilotdagi sport va tadbirlar zallarida yaratilgan shart-sharoitlari o‘rganildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar o‘yin maydonchalarining holati o‘rganildi. 

Tashkilotda barcha shart-sharoitlar yaratilgan.