Barcha yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish
Gallery image 41100
Gallery image 41101
Gallery image 41102
Gallery image 41103
NASRITDINOV AHMADJON AMRULLO O‘G‘LI
03 May 2025
00:00

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Ijtimoiy soha obyektlarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash aholining malakali tibbiy xizmat va sifatli ta’lim olish ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda, Korrupsiyaga qarshi kurashish tuman komissiyasi raisi, tuman Kengash deputati, tuman hokimi Abduqodir Donayev, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi boshqarma boshlig‘i A.Kamilov hamda aloqador mas’ullar bilan birgalikda tumanda ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilgan qurilish ishlari holatini o‘rgandi.

Xususan, tumanidagi 89-sonli maktabda qurilishi ishlari ko‘rib chiqildi hamda murojaatlar bilan ishlash va ta'limda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.