Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot
Gallery image 41011
Gallery image 41012
Gallery image 41013
Gallery image 41014
ABDULAXATOVA OLIYA ERGASHEVNA
19 May 2025
10:02

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sayyor sessiyasi to‘g‘risida axborot

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oqqo‘rg‘on tumanini 2024-2025-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir qarorining joriy yil birinchi chorakdagi ijrosi muhokama qilindi. Kun tartibidagi masala yuzasidan mas’ullarning hisoboti eshitildi va tanqidiy, tahliliy muhokama qilindi. Sessiya ishini ayni paytda viloyatimizda o‘zaro tajriba almashish maqsadida bo‘lib turgan Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining bir guruh deputatlari ham kuzatib bordi. Yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev videokonferensiya orqali ishtirok etdi va nutq so‘zladi.