Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANIDA “MEHR DAFTARI”DAGI BOLALARGA MEBEL, MAISHIY TEXNIKA VA NOUTBUKLAR SOVG‘A QILINDI
Gallery image 3544
Gallery image 3545
Gallery image 3546
Gallery image 3547
Gallery image 3548
Gallery image 3549
KARIMOV AVAZ AZIZDJANOVICH
08 Noy 2023
12:42

MIROBOD TUMANIDA “MEHR DAFTARI”DAGI BOLALARGA MEBEL, MAISHIY TEXNIKA VA NOUTBUKLAR SOVG‘A QILINDI

Mirobod tumanida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi bolalar tuman
hokimligining bolalarni himoya qilish shoʻbasi tomonidan “Mehr daftari” platformasiga kiritib boriladi. Bolalar tizimli ravishda moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlab kelinadi.
  

Xususan, tuman hokimligi binosiga “Mehr daftari”dagi 12 nafar yoshlar taklif etilib, ularga maishiy
texnika, mebel jihozlar, noutbuk va boshqa turdagi vositalar xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari va ijro hokimiyat vakillari ishtirokida topshirildi.
 

Tuman hokimining o‘rinbosari Saidrasul Saidxanov sovg‘alarni o‘z egalariga topshirar ekan, to‘planganlarga
keyingi yillarda Davlatimiz Rahbari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etilgani, “Mehr daftari” platformasidagi bolalar taqdiri hamisha davlat eʼtiborida ekanligi haqida so‘zladi.
O‘z o‘rnida, sovg‘alarni qabul qilib olgan
yoshlar katta eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorliklarini bildirdilar.