Barcha yangiliklar
Deputatlar_faoliyati
Gallery image 40916
Gallery image 40917
Gallery image 40918
Gallery image 40919
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
17 May 2025
11:59

Deputatlar_faoliyati

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati M.Omonullayev tumandagi 29-sonli maktabda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-may kunidagi “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” bo‘yicha videoselektorda, mahalliy Kengash deputatlariga bergan vazifalarni saylovchilarga yetkazdi.

Shu maqsadda deputat Davlatimiz rahbari tomonidan videoselektor yig‘ilishi davomida ta'kidlab o'tgan "Yoshlarni nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qitish masalasiga alohida to‘xtaldi. Maktab ta’limini yangi bosqichga ko‘taradigan tashabbuslar ilgari suriladi. Farzandlarimiz juda iqtidorli ekani, faqat ularni to‘g‘ri yo‘naltirib, maqsadli tayyorlash zarurligi ta’kidlandi. “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi boshlanadi, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab tashkil etiladi. Unga 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, reytingi yuqori oliygohlarga maqsadli tayyorlanishini" deputat davra suhbati davomida saylovchilarga yetkazdi.

https://t.me/bandixon_deputatlari