Barcha yangiliklar
“Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasi o‘tkazildi
Gallery image 40846
Gallery image 40847
Gallery image 40848
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
19 Mar 2025
09:01

“Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasi o‘tkazildi

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasida ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va shu barobarida “Muruvvat” va qariyalar uylarida, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta’lim beradigan maxsus muassasalarda “Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyalarini o‘tkazish tadbirlari belgilangan. 

Shu maqsadda Samarqand viloyati kengashi faollari tomonidan Navro‘z bayrami arafasida Kattaqo‘rg‘on shahridagi 5-maxsus maktabga tashrif buyurishib, “Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasini o‘tkazishdi.