Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi
Gallery image 40680
Gallery image 40681
Gallery image 40682
Gallery image 40683
Gallery image 40684
Gallery image 40685
NURALIYEV YELNUR NURALIULI
16 May 2025
10:02

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi

 Xalq
deputatlari tuman Kengashi raisi tibbiyot birlashmasida amalga oshirilgan
ishlar bilan tanishdi
 

  

Bugun, Xalq
deputatlari tuman Kengashi raisi Orzumurod Umarov tumandagi tibbiyot sohasini
rivojlantirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda
soha vakillarining faoliyatini yaqindan o‘rganish maqsadida Tibbiyot
birlashmasi faoliyatini kuzdan kechirdi.
 

Shuningdek, Xalq
deputatlari tuman Kengashi raisi tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazib,
ularning muammo va takliflarini eshitdi.
 

  

Yurtimizda sog‘liqni
saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida
“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi hayotga tatbiq etilmoqda. Ushbu
dasturning asosiy maqsadi tibbiyot muassasalarida fuqarolar uchun qulay, toza
va zamonaviy sanitariya-gigiyena sharoitini yaratish, tibbiy xizmat sifatini
yanada oshirishdir.
 

Xalq
deputatlari Tomdi tumani Kengashi kotibiyati