Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi deputatlari xususiy korxonada bo‘ldilar
Gallery image 40642
Gallery image 40643
Gallery image 40644
Gallery image 40645
Gallery image 40646
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
15 May 2025
19:19

Tuman Kengashi deputatlari xususiy korxonada bo‘ldilar

 Tuman Kengashi deputatlari xususiy korxonada bo‘ldilar 

 Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari joylardagi kichik biznes sub’ektlari
faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tumandagi Kattaqishloq mahalla fuqarolar
yig‘inidagi “Yarmarka Promaks” hamda Katta Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini
hududida joylashgan “Yarmarka Ideal” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan
xususiy korxonalarga tashrif buyurishdi.
 

Mazkur korxonalar trikotaj
mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritadi va xozirda bu yerda
30 nafar xotin-qizlarning doimiy ish bilan bandligi ta’minlangan. Deputatlar ishlab
chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati va bozorbopligi bilan tanishib, ishchi-xodimlar
uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar, ishchilar bilan suhbatlashdilar.
 

Tashrif davomida, hususan
“Yarmarka Ideal” hususiy korxona rahbariyati tomonidan, yaqin kelajakda korxona
faoliyatini yanada kengaytirish, qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish va yana 20 nafar,
asosan kam ta’minlangan oilalarning a’zolari, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralari ko‘rilayotganligi bildirildi.