Barcha yangiliklar
Deputatlar o'z saylovchilariga axborot berdi
Gallery image 40606
Gallery image 40607
Gallery image 40608
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
04 Apr 2025
17:15

Deputatlar o'z saylovchilariga axborot berdi

4-aprel kuni Toyloq tumani "Bog'ichinor" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Zamira Jabborova, tuman Kengashi deputati Dilafruz Ulug'boyevalar saylovchilar oldida 2025-yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berishdi. 

Deputatlar o‘z axborotlarida hududda amalga oshirilgan ishlar, aholining muammolari yuzasidan mas’ul tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlarning natijalari, hududiy dasturlarning ijrosi, shuningdek, Kengash faoliyati vakolatiga doir masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Yig‘ilish yakunida fuqarolarning muammolari yuzasidan berilgan savollarga javob berilib, "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda deputatlik faoliyati olib borish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.