Barcha yangiliklar
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish_oyligi
Gallery image 40396
Gallery image 40397
Gallery image 40398
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
01 May 2025
16:56

#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish_oyligi

"Adolat" sosial-demokratik partiyasi tomonidan fuqarolik ongini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va adolat tamoyillarini mustahkamlash maqsadida Samarqand Davlat chet tillar instituti Payariq xorijiy tillar fakulteti jamoasi va talabalari bilan “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Zebiniso Yusupova ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolik jamiyatining o‘rni, ta’lim tizimidagi halollik tamoyillari hamda partiyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Ushbu tadbir orqali yoshlarda huquqiy ongni shakllantirish, halollik va adolat tamoyillarini hayotga tatbiq etish borasida muhim qadam qo‘yildi.