Barcha yangiliklar
Senator va deputatlar o'quvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Gallery image 40375
Gallery image 40376
Gallery image 40377
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
10 May 2025
16:21

Senator va deputatlar o'quvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Oqdaryo tumanidagi 41-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Maryam Niyazova, Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nargiza Kenjayevalarning o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularning fikr va takliflarini tinglashdan iboratgina bo‘lib qolmay, ta’lim sohasida mavjud masalalarni o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, turli sohalarga oid masalalar yuzasidan samarali muloqot o‘tkazildi. Ma’ruzachilar bildirilgan har bir murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berdi.

Uchrashuv ochiq muloqot va o‘zaro hamkorlik asosida o‘tib, yoshlar bilan ishlashdagi yangicha yondashuv bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.