Barcha yangiliklar
Deputat tashabbusi bilan Mo‘minqul mahalasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi boshlandi
Gallery image 40056
Gallery image 40057
Gallery image 40058
Gallery image 40059
Gallery image 40060
Gallery image 40061
Gallery image 40062
Gallery image 40063
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
12 May 2025
20:55

Deputat tashabbusi bilan Mo‘minqul mahalasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi boshlandi

 Mazkur loyiha mahalliy aholining ko‘p yillik talabi va ehtiyojini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda. Piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchaning qurilishi orqali
bolalar, keksalar hamda barcha fuqarolarning yo‘lda harakatlanishi yanada xavfsiz va qulay bo‘ladi.
 

Deputat Qodirov Rasul Saydullaevichning ta’kidlashicha, mazkur ishlarni amalga oshirishda mahalliy aholi fikri va talablari inobatga olingan. Bu kabi tashabbuslar mahalladagi infratuzilmani yanada yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz. 

Qurilish ishlari belgilangan loyiha asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilib, tez fursatda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 

  

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

  ✅ Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati