Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANI HOKIMLIK BINOSIDA SAYYOR QABUL BO'LIB O'TDI
Gallery image 39985
Gallery image 39986
Gallery image 39987
Gallery image 39988
Gallery image 39989
Gallery image 39990
Gallery image 39991
Gallery image 39992
Gallery image 39993
Gallery image 39994
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
02 May 2025
14:10

MIROBOD TUMANI HOKIMLIK BINOSIDA SAYYOR QABUL BO'LIB O'TDI

Aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov bugun tuman hokimligida “Movarounnahr”, “Inoqobod”, “Parvona”, “Yangi Qo‘yliq” hamda “Furqat” mahallalarida istiqomat qiluvchi 10 dan ziyod aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning uy-joy, imtiyozli kredit olish, choyxonaning qaytarish, subsidiya, uy-joy ta’miri va boshqa masalalarga oid murojaatlari birma-bir tinglandi.

Murojaatlarning aksariyat qismi shu yerning o‘zida mas’ullar bilan ijobiy hal etildi, shuningdek, qolgan qismi huquqiy maslahatlar berish orqali qanoatlantirildi.

Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari tomonidan ijrosi nazoratga olindi.