Barcha yangiliklar
BOSH VAZIR O‘RINBOSARI ZULAYXO MAHKAMOVA MIROBOD TUMANIDAGI URUSH FAXRIYSIGA EHTIROM KO‘RSATDI
Gallery image 39979
Gallery image 39980
Gallery image 39981
Gallery image 39982
Gallery image 39983
Gallery image 39984
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
07 May 2025
14:05

BOSH VAZIR O‘RINBOSARI ZULAYXO MAHKAMOVA MIROBOD TUMANIDAGI URUSH FAXRIYSIGA EHTIROM KO‘RSATDI

9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda urush va mehnat fronti faxriylarini ulug‘lash, ularga chuqur hurmat va izzat ko‘rsatish maqsadida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat bilan bugun, 6 may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi rahbari Shahnoza Sultonova hamda Mirobod tumani hokimining o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Feruza Madaminova, xalq deputatlari Mirobod tuman Kenash deputati R.Turdiyeva “Tolariq” mahallasida istiqomat qiluvchi urush faxriysi – Galina Konstantinovna Prokofyeva xonadonida mehmon bo‘lishdi.