Barcha yangiliklar











MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
08 May 2025
12:11
9- May Xotira va Qadrlash kuni
Chilonzor tumani "Gavhar" mahallasida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuhrat Muratovich tashabbusi bilan "9- May Xotira va Qadrlash kuni" munosabati bilan, "Otaxonlar" choyxonasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirga mahalla hududida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon va onaxonlar va Afg'oniston urushi qatnashchilari taklif etilib, ularga hurmat va ehtirom ko'rsatildi. Tadbirda bayram oshi tortildi. Shuningdek, tadbirga kela olmagan keksa yoshdagi, nogiron, yotoqli onaxonlar uylariga tashrif buyurib, bayram bilan tabriklandi.