Barcha yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lish – bugungi kun talabi
Gallery image 39679
Gallery image 39680
Gallery image 39681
Gallery image 39682
Gallery image 39683
Gallery image 39684
Gallery image 39685
Gallery image 39686
Gallery image 39687
Gallery image 39688
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
07 May 2025
18:54

Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lish – bugungi kun talabi

 Yig‘ilishda bugungi kunda korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘layotgani, fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini susaytirayotgani alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, mavjud qonunchilik asoslari va huquqiy-me’yoriy hujjatlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. 

So‘zga chiqqanlar tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, har bir tashkilotda halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, davlat mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik, hisobotlarda sun’iy ko‘rsatkichlar yaratish kabi holatlarga qat’iy chek qo‘yilishi lozimligi bildirildi. 

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida zarur chora-tadbirlarni kuchaytirish, har bir xodimda qonuniylik va halollik mezonlariga sodiqlikni shakllantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, rahbarlarning shaxsiy javobgarligi kuchaytirilishi kerakligi alohida qayd etildi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

✅ Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati