Barcha yangiliklar
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” — Uchquduqda faol nuroniylar bilan uchrashuv
Gallery image 39639
Gallery image 39640
Gallery image 39641
Gallery image 39642
Gallery image 39643
Gallery image 39644
Gallery image 39645
NASIROVA SARVINOZ SHEROLIYEVNA
07 May 2025
17:34

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” — Uchquduqda faol nuroniylar bilan uchrashuv

 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” — Uchquduqda faol nuroniylar bilan uchrashuv 

  

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” — Uchquduqda faol nuroniylar bilan uchrashuv bo'lib o‘tdi. 

Bugun Uchquduq tuman hokimligida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida tuman mahallalarida kambag‘al oilalarga biriktirilgan faol nuroniylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi PQ-405-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 -yil 27 -dekabrdagi 892-sonli nizomi talablari asosida tashkil etildi. 

Uchrashuvda tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U.Yelmuratov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sh.Nabiyev, respublika “Nuroniy” jamg‘armasidan N.Maxmudovna hamda tumanda faoliyat olib borayotgan nuroniylar ishtirok etib, kambag‘allikdan chiqish yo‘llari, ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar. 

Uchrashuv davomida dasturning mazmun-mohiyati, amaliy jihatlari va nuroniylarning jamiyatdagi faol o‘rni xususida atroflicha fikr almashildi.