Barcha yangiliklar
Deputat o‘z saylovchilari oldida axborot berdi
Gallery image 39589
Gallery image 39590
Gallery image 39591
Gallery image 39592
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
06 May 2025
00:00

Deputat o‘z saylovchilari oldida axborot berdi

 Deputat o‘z saylovchilari oldida axborot berdi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashiga “25-Sanoatchilar” saylov okrugidan
saylangan deputat R.Nodirov o‘z saylangan hududi, Sanoatchilar mahalla fuqarolar
yig‘ini aholisi bilan uchrashib, joriy yilning o‘tgan to‘rt oyi davomida huddudni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha
amalga oshirilgan ishlar, shuningdek kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida axborot berdi.
 

Shuningdek deputat hududda huquqbuzarlik va jinoyat holatlarini sodir etilishini
oldini olish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga
qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor
vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF- 71-son qarorining 2-ilovasi 27-bandida ko‘rsatib o‘tilgan korrupsiyaga qarshi
kurashish umummilliy vazifa ekanligi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish hamda
bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida tushuntirishlar
berdi.
  

Uchrashuv yakunida deputat saylovchilar tomonidan berilgan savollarga javob
berdi.