Barcha yangiliklar
#Deputat_bir_kuni
Gallery image 39563
Gallery image 39564
Gallery image 39565
Gallery image 39566
Gallery image 39567
Gallery image 39568
Gallery image 39569
KARIMOVA NARGIZA ABDUGAFAROVNA
03 May 2025
12:27

#Deputat_bir_kuni

Xalq deputatlari Bekobod tuman kengashiga 2-Qiyot saylov okrugidan saylangan deputat Zarifa Esirgapova Nayman va Uyas mahallalarida boʻlib, mahalla faollari bilan uchrashdi. Mahallada reja boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar oʻrganildi. Deputat va mahalla faollari hamkorligi mahalla farovonligining asosiy belgisi ekanligi aytib oʻtildi. 2025-yil I-chorak holatiga aholidan tushgan murojaatlar boʻyicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga "Deputatlik soʻrovi" yuborildi. Mahallaning "Maʼnaviyat burchagi" axborot-kutubxona markazi tomonidan kattalar va bolalar uchun badiiy adabiyotlar bilan boyitildi . 45-umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi. Shuningdek, Nayman mahallasida boquvchisini yoʼqotgan Biytoʻrayeva Gulnora xonadonidan xabar olindi.