Barcha yangiliklar







SHOPATIXOV UMIDJON FAYZULLO O‘G‘LI
07 May 2025
09:40
9-may Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami tarzida keng nishonlanadi
Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir. Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu gʻoya targʻibiga bagʻishlangan buyuk milliy maʼnaviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targʻib etiladi, urush esa batamom qoralanadi. 9-mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi. Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yoʻqotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam boʻla olmaydi.