Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M. Raximov va N. Kiyamov tomonidan tumandagi Beshbola mahallasida yettilik faoliyati, soliq xodimining ish yuritishi hamda mahalladagi soliq tushumlari holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 39480
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
06 May 2025
14:00

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari M. Raximov va N. Kiyamov tomonidan tumandagi Beshbola mahallasida yettilik faoliyati, soliq xodimining ish yuritishi hamda mahalladagi soliq tushumlari holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganish jarayonida mahalladagi tadbirkorlik subyektlari, aholi bandligi, mavjud daromad manbalari va ularning soliqqa tortilishi bo‘yicha amaldagi holat tahlil qilindi. Shuningdek, joylarda soliq tushumlari rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga qanday ta’sir qilayotgani o‘rganildi.

📊 Suhbatlar davomida aholiga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, ijtimoiy soliq tushunchasi va o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishning muhim jihatlari tushuntirildi. Shuningdek, yettilik a’zolari bilan hamkorlikda aholini rasmiy band qilish va soliqqa tortish mexanizmlari muhokama qilindi.