Barcha yangiliklar
Nuroniylar maskanida sayyor qabul
Gallery image 39347
Gallery image 39348
Gallery image 39349
Gallery image 39350
Gallery image 39351
Gallery image 39352
Gallery image 39353
Gallery image 39354
Gallery image 39355
Gallery image 39356
NASIROVA SARVINOZ SHEROLIYEVNA
06 May 2025
08:35

Nuroniylar maskanida sayyor qabul

Nuroniylar maskanida sayyor qabul

 Bugun tumandagi “Nuroniylar” maskanida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchkun Yelmuratov rahbarligida o‘tkazilgan ushbu qabulda turli idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, aholi murojaatlarini bevosita tingladilar.

Fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, moddiy yordam ko‘rsatish va mahallalardagi infratuzilmaga oid 10 dan ortiq muammoli masalalar ko‘tarildi.
Qabul jarayonida joyida hal etish mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Muddat talab etiladigan murojaatlar asosida mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Ijrosi nazoratga olindi.