Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYА FAOLIYАTI
Gallery image 39287
Gallery image 39288
Gallery image 39289
Gallery image 39290
Gallery image 39291
Gallery image 39292
Gallery image 39293
Gallery image 39294
Gallery image 39295
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
05 May 2025
18:00

DOIMIY KOMISSIYА FAOLIYАTI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tumandagi faoliyati doirasidagi tahlili 

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklaridagi paxta maydonlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar jarayonida mavjud paxta maydonlarining holati, sug‘orish tizimlari, agrotexnik talablarga amal qilinishi hamda ekologik me’yorlarga rioya etilishi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. 

Komissiya a’zolari tomonidan olib borilgan tahlillar natijasida ayrim fermer xo‘jaliklarida sug‘orish tizimlarini yangilash va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, yerdan samarali foydalanish va uning unumdorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Mazkur faoliyatdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tumandagi qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashdir. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

✅ Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati