Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI
янв.21
Prezident selektori belgilagan vazifalar: Navoiy shahrida ijro va mas’uliyat
янв.21
O‘zbekiston–2030 strategiyasi: Navoiy shahri taraqqiyotining yangi bosqichi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: ochiqlik va hamkorlik ruhida
янв.21
Joriy yilning 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
NAZORAT
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
2025-yil SARHISOBI
янв.21
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Navoiy shahar Farovon mahallasi hamda Navoiy shahar 22-sonli maktab ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH YANGI BOSQICHGA KO‘TARILADI.

Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining ilk yillaridanoq islohotlarni ayni shu og‘riqli nuqtadan boshladi. Mamlakatimiz yetakchisining dastlabki imzolagan hujjati ham “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun bo‘ldi. Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va Agentlik tashkil qilingani, davlat xaridlari to‘liq raqamlashtirilgani bugun o‘zini to‘liq oqlamoqda.

Prezidentimizning korrupsiyaga qarshi kurashdagi kuchli siyosiy irodasi, tizimlilik, izchillik va ochiqlik tamoyillariga muvofiq amalga oshirayotgan strategiyasi bu boradagi muvaffaqiyatlarning asosiy omili bo‘ldi. Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik davlatimiz siyosati darajasiga olib chiqilgani bois xalqimiz ushbu illatga qarshi kurash vaqtinchalik emas, balki uzluksiz, izchil va maqsadli sa’y-harakatlar ekanini anglab yetdi.

Yaqin-yaqingacha fuqarolarimiz kredit olish uchun ko‘plab to‘siq va g‘ovlarni yengib o‘tardi. Bugun bu muammolar butunlay hal bo‘lgan. Barcha banklar 100 million so‘mgacha maishiy kreditlarni inson omilisiz 5 daqiqa ichida onlayn bermoqda. Eng muhimi, hozir bankirlarning o‘zi mahallaga tushib, odamlarga loyiha, kredit taklif qilib, mijozini ko‘paytirish ustida ishlayapti.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida shu yil 5 mart kuni tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha ishlarga xolis baho berilib, kelgusi vazifalar aniq belgilab olindi.

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar tom ma’noda, jamiyatimizga va jahon hamjamiyatiga korrupsiyaga qarshi kurashda murosasiz bo‘lishi haqida jiddiy signal bo‘ldi, deyish mumkin. E’tiborlisi, bu orqali xalqaro reytinglarda ham O‘zbekiston pozisiyalari yanada yaxshilanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga katta ishonch bildirilgani albatta, mahalliy vakillik organlarining ijro hokimiyatidagi nufuzini oshirish, mahalliy Kengashlarni xalqning chinakam ovoziga aylantirish va ularning huquqlarini kengaytirish bo‘yicha o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarimiz ro‘yobiga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurash borasida ilgari surilgan muhim vazifalar mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, xalqimizning davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatidan rozi bo‘lib yashashiga, odamlarning farovon turmush kechirishiga, pirovardida yurtimizda inson qadri ulug‘lanishiga xizmat qiladi.

Muborak Naimova

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati