Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI
янв.21
Prezident selektori belgilagan vazifalar: Navoiy shahrida ijro va mas’uliyat
янв.21
O‘zbekiston–2030 strategiyasi: Navoiy shahri taraqqiyotining yangi bosqichi
янв.21
Deputat va fuqarolar uchrashuvi: ochiqlik va hamkorlik ruhida
янв.21
Joriy yilning 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
NAZORAT
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati J. Hafizov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
2025-yil SARHISOBI
янв.21
Navoiy shahar Bunyodkor mahallasi hamda Navoiy Teri-tanosillar kasalxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
янв.21
Navoiy shahar Farovon mahallasi hamda Navoiy shahar 22-sonli maktab ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va mas’uliyat asosida!” mavzusida targ‘ibot tadbirlari olib borildi.
Konimex tumani Kengashi deputati B.Alekeyev chekka hududdagi maktab faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi deputati B.Alekeev tumandagi eng chekka hududlardan birida joylashgan 23-umumiy oʻrta ta'lim maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur maktab 160 oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, hozirda 78 nafar oʻquvchi ta'lim olmoqda. Ularning bilim olishi uchun 20 nafar fidoyi oʻqituvchi mehnat qilmoqda. Uchrashuv davomida deputat maktabning moddiy-texnik bazasi, dars jarayonlari va ta’lim sifati bilan yaqindan tanishdi. 

Maktab hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 300 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, bu tashabbus ekologik muhitni yaxshilash va oʻquvchilarda tabiatga mehr uyg‘otish maqsadida amalga oshirilgan. Deputat mazkur loyihaning ahamiyatini alohida ta'kidlab, yosh avlodni ekologik tarbiyalash va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid ishlarni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Slide 1 of 1