Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

UCHTEPA TUMANIDAGI “TINCHLIKOBOD” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️O‘RGANISHLARNING YAKUNIY MANZILI — UCHTEPA TUMANIDAGI “TINCHLIKOBOD” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Muminov Obidjon Odilovich boshchiligida, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ichimlik va issiq suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti, kanalizatsiya tizimi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan olib borilgan sessiyaoldi o‘rganishlarning yakuniy bosqichi tashkil etildi.

🔺 O‘rganishlarning yakuniy manzili Uchtepa tumani “Tinchlikobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli turar joy binolari bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari mazkur uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Yosh avlod build servise” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati hamda turar joy binolarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

🏢 Jarayonda ko‘p qavatli uylarning umumiy texnik holati, isitish tizimlari, ichimlik va issiq suv ta’minoti, elektr tarmoqlari hamda umumiy foydalanishdagi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

♨️ Xususan, turar joy binolarining isitish mavsumiga tayyorgarligi, ichki issiqlik tarmoqlarining holati, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda aholini uzluksiz kommunal xizmatlar bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

⚙️ Shuningdek, boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarning umumiy mulkini saqlash, ta’mirlash, texnik ko‘rikdan o‘tkazish va mavjud nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

💡 O‘rganishda ko‘p kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish, energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish hamda kommunal resurslardan oqilona foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

🗣 Uchtepa tumani bosh muhandisi S. Shoymurodov mas’ulligida boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati, mavjud muammolar, aholining kommunal xizmatlar yuzasidan murojaatlari hamda kuz-qish mavsumida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

📋 Deputatlar tomonidan ko‘p qavatli uylarni boshqarish tizimining samaradorligi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning mas’uliyati, aholining murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda turar joy binolarida xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

♻️ Shu bilan Toshkent shahrida ichimlik va issiq suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti, kanalizatsiya tizimi hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan tashkil etilgan sessiyaoldi o‘rganishlarning joylardagi jarayonlari yakunlandi.

⚖️ O‘rganishlar davomida Yakkasaroy tumanidagi markaziy avariya-dispetcherlik markazi, Chilonzor suv taqsimlash inshooti, “Algoritm” podstansiyasi, “Bekto‘pi” mahallasidagi nasos stansiyasi, “Xonto‘pi” mahallasidagi elektr uzatish tarmoqlari, Uchtepa tumanidagi 5-sonli issiqlik markazi hamda “Tinchlikobod” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. O‘rganish natijalarini umumlashtirish, mavjud muammolarni tahlil qilish, bildirilgan takliflarni tegishli doimiy komissiya doirasida muhokama etish hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8