Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI

 DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi F. Islomova tasviriy san’at litseyida bo‘ldi.

📍Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad — biriktirilgan tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishish, mavjud shart-sharoitlarni o‘rganish hamda muassasa faoliyatiga oid masalalar yuzasidan fikr almashishdan iborat.

🤝 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.