Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inining Gulola ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida hududdagi bo‘sh turgan yer maydonidan samarali foydalanish, xususan, ushbu hududda bolalar uchun zamonaviy sport maydonchasi tashkil etish masalasi ko‘tarildi.
️Mazkur tashabbus mahallada yoshlar va bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishildi.
Ushbu masala deputat tomonidan nazoratga olinib, hududda bolalar uchun munosib sport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi