35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA AHOLI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI
янв.21
📚 YANGI O‘QUV YILIGA — YANGI MAQSAD VA ULKAN NIYATLAR BILAN! 🔔
янв.21
IJRO INTIZOMI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YER UCHASTKASIDAN FOYDALANISH MUDDATINI UZAYTIRISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi yozgi o‘yingohlar holati o‘rganildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNING OVQATLANISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ORZU MAHALLASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
ORZU MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Oqoltin tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bayramona va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tadbirlarda o‘quvchilar, ustozlar, ota-onalar bilan bir qatorda tuman hokimligi vakillari, tashkilot va muassasa rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev 9-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida qatnashib, maktab jamoasi va o‘quvchilarni Mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhimligi ta’kidlandi. O‘quvchilarga yangi o‘quv yilida a’lo baholar, katta yutuqlar va ezgu maqsadlari sari dadil qadamlar tilandi.

Slide 1 of 5