35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA AHOLI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLA FAOLIYATIDA QONUN USTUVORLIGI
янв.21
📚 YANGI O‘QUV YILIGA — YANGI MAQSAD VA ULKAN NIYATLAR BILAN! 🔔
янв.21
IJRO INTIZOMI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YER UCHASTKASIDAN FOYDALANISH MUDDATINI UZAYTIRISH MASALASI O‘RGANILDI
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi yozgi o‘yingohlar holati o‘rganildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNING OVQATLANISH JARAYONI O‘RGANILDI
янв.21
ORZU MAHALLASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
ORZU MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
Yangi o‘quv yili muborak!

🔔Yangi o‘quv yili muborak!

😉😉🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi davom etayotgan ushbu kunlarda shahrimizdagi ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanmoqda.

🌏Bu — o‘quvchi va talabalar uchun yangi bilimlarni egallash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va orzulari sari dadil qadam tashlash davri. Ustozlar uchun mas’uliyatli va sharafli mehnatning yangi bosqichi, ota-onalar uchun esa farzandlarining kamolini ko‘rish quvonchidir.

🔔 Bugun yoshlarning chuqur bilim olishi, zamonaviy kasb va texnologiyalarni egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, milliy tariximiz va madaniyatimizni qadrlab voyaga yetishi taraqqiyotimizning muhim shartidir. Zero, ta’lim maskanida boshlangan har bir izlanish kelajakdagi katta yutuqlarga yo‘l ochadi.

✍️Aziz o‘quvchilar va talabalar! Yangi o‘quv yili siz uchun qiziqarli saboqlar, muhim kashfiyotlar va yangi imkoniyatlarga boy bo‘lsin. Bilim olishdan, izlanishdan va o‘z oldingizga katta maqsadlar qo‘yishdan hech qachon to‘xtamang.

🔔Ustoz va murabbiylarga sabr, ilhom va sharafli faoliyatlarida muvaffaqiyat, ota-onalarga farzandlarining yutuqlaridan faxrlanish baxtini tilaymiz. Ta’lim tizimining barcha xodimlariga yosh avlodning munosib kelajagini yaratish yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.

📚Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi bilimlar, ezgu intilishlar va ulkan yutuqlar yili bo‘lsin!

Poytaxt Deputatlari 

Slide 1 of 1