35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#biriktirilgan_tashkilot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qarori ijrosi doirasida Toyloq tumanida ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirishga qaratilgan qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan tuman hokimi o‘rinbosari T. Gulmurodov hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi Sh. G‘afforov "Muborak" mahallasida qurilish korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi va belgilangan vazifalarning bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

Hozirda mahalladagi 13-sonli umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha 120 o‘rinli yangi bino hamda 90 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilmoqda.

Slide 1 of 3