35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
22-XONCHORBOG‘ SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH HASHARI
янв.21
21-TURON SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI
янв.21
18-ME’MOR SAYLOV OKRUGIDA YANGI TASHABBUS
янв.21
16-DO‘STLIK SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
🌿 13-UMID SAYLOV OKRUGIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI
янв.21
🇺🇿🤝🇧🇾 GOMEL VA NAVOIY O‘RTASIDA DEPUTATLIK HAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHGA QADAM
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
3-sonli maktabda boshlang‘ich sinflarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashiga 13-"Oqsoy" saylov okrugidan saylangan deputat G.Karimova hamda tuman Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Amanov tomonidan okrug hududiga qarashli "Neftchilar" mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahallalarning sanitariya holati, ichki ko‘chalar obodonchiligi, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash va shakl berish, ko‘kalamzorlashtirish, ichimlik suvi hamda tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ijtimoiy soha obyektlari, qabristonlar va jamoat maskanlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mahallalarda jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Slide 1 of 4