Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputatlari G.Absatova va B.Bekmurodovlar tomonidan Yangiqishloq mahallasi aholisi bilan navbatdagi sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi ayrim elektr tarmoqlariga tegishli simyog‘ochlarning eskirib, yaroqsiz holatga kelib qolganligi hamda bu holat aholi xavfsizligi va elektr ta’minoti barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilib, haqiqatan ham ayrim simyog‘ochlarning texnik holati talab darajasida emasligi, ularni yangilash va almashtirish zarurati mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, mazkur masala bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan profilaktik nazorat ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.