O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Dolzarb 40 kun” tadbirlari doirasida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 18-Guliston saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tashabbusi bilan saylov okrugi hududida obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari tashkil etildi.
Jumladan, hududlarni tartibga keltirish, umumiy foydalanishdagi joylarning sanitariya holatini yaxshilash, tozalik va ozodalikka rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tegishli ishlar olib borildi.
Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda obod va ozoda muhitni ta’minlash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona va mas’uliyatli munosabatni shakllantirishdan iborat.