35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda bolalar maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Kimyogar MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Umid mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Ishonch mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Farovon mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy davlat universitetida o‘rganish ishlari olib borildi
O'rozimergan qabristonida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri va deputati A.Nosirov tomonidan O'rozimergan qabristoni hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida qabriston hududining sanitariya holati, hududni obodonlashtirish, ichki yo‘laklarni tartibga keltirish, daraxt va yashil hududlarni parvarishlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud kamchiliklar va obodonlashtirish ishlarini yanada sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, hududni ozoda va tartibli saqlash, infratuzilmani yaxshilash hamda aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, qabristonlarni obod saqlash, ularning sanitariya holatini doimiy nazorat qilish va obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish fuqarolar uchun munosib sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida bo‘lib, obodonlashtirish tadbirlarining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2