35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda bolalar maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Kimyogar MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Umid mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Ishonch mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Farovon mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy davlat universitetida o‘rganish ishlari olib borildi
“Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonun — inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi huquqiy asos

O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-276-sonli “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonuni dafn etish va dafn ishlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning huquqlarini ta’minlash hamda dafn joylarini saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

Mazkur Qonun fuqarolarning milliy va diniy urf-odatlariga hurmat ko‘rsatgan holda dafn etilishini ta’minlash, dafn xizmatlarining qonuniy va shaffof tashkil etilishi, dafn joylaridan foydalanish hamda ularni saqlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi.

Qonunga muvofiq fuqarolar dafn etish tartibi va dafn xizmatlari to‘g‘risida axborot olish, belgilangan tartibda dafn joyidan foydalanish hamda o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlarning dafn ishlarini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish, dafn joylarini hisobga olish va saqlash, yer uchastkalarini ajratish hamda mazkur sohada nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vazifalari belgilangan.

Inson xotirasiga hurmat, dafn marosimlarini qonuniy va tartibli tashkil etish hamda dafn joylarini asrab-avaylash jamiyatimizning muhim qadriyatlaridan biridir. Ushbu Qonun ana shu qadriyatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi