35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Umid mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Ishonch mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Farovon mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy davlat universitetida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
22-Xonchorbog‘ saylov okrugida obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI OLDIDAN NAVOIY SHAHRIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida kadastr masalalari bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “11-Chekmirzaobod” saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan “Chekmirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida “Gulchilar” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot jarayonida ushbu ko‘chada yashovchi fuqaro R.Abduraxmonov tomonidan ko‘chaning 1,8 kilometr qismini asfaltlashtirish bo‘yicha murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3