35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablarda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
🏛 Davlat kadastrlari palatasida O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi o‘rganildi
янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda bolalar maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Kimyogar MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Umid mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Ishonch mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Aniqlangan muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta Hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev tomonidan “Do‘stlik” mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida Mustaqillik ko‘chasi, 2-uy (ko‘p qavatli uylar oldi hududi)da joylashgan, 1969-yilda o‘rnatilgan beton elektr ustunlarining bugungi kundagi holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, mazkur ustunlardan hozirda foydalanilmaydi, ayrimlari qiyshaygan va yaroqsiz holatga kelgan. Ushbu holat fuqarolar xavfsizligiga hamda ularning mol-mulkiga zarar yetkazishi mumkinligi sababli tegishli choralar ko‘rish zarurati yuzaga keldi.

📄 Aniqlangan muammoni bartaraf etish, yaroqsiz beton ustunlarni o‘rganish va zarur amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Sherobod tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 1