35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Inklyuziv ta’lim joriy etilgan maktablarda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
🏛 Davlat kadastrlari palatasida O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi o‘rganildi
янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda bolalar maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
19-sonli «Farovon» saylov okrugi hududidagi Turon MFYda xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Kimyogar MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan monitoring o‘tkazildi
янв.21
Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Umid mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Ishonch mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Sherboyev kunlik ish rejaga muvofiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati Norqobilov Shuhrat Ravshanovich saylangan 7-"Qo‘rg‘oncha" saylov okrugiga qarashli "Gulobod" mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazdi. “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, ish jarayonlarini o‘rgandi.

Deputat "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan 24 tavsiyalar asosida o'rganish o'tkazib, yettilik bilan aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Yettilikning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha rejalar tuzildi. Mavjud masalalarni qanday tarzda hal etilishi belgilab olindi. Deputat tomonidan mahalla faollari bilan birga ishlash, murojaatlarni nazoratga olish va natijalar haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishish davomida ularga parlamentda qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.

Slide 1 of 1