35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Farovon mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Umid mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i” qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Ishonch mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Farovon mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy davlat universitetida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
22-Xonchorbog‘ saylov okrugida obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI OLDIDAN NAVOIY SHAHRIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida kadastr masalalari bo‘yicha deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv tizimini yaxshilash masalalari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#deputat_nazorati MARG‘ILON SHAHRIDA ICHKI YO‘LLAR VA INFRATUZILMA DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan shahar hududida ichki yo‘llarni saqlash, joriy va mukammal ta’mirlash hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan dasturlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarori hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining tegishli qarorlariga muvofiq, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi Kotibiyati tomonidan Marg‘ilon shahar hokimining qurilish,
to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar,
kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kamzorlashtirish
masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga rasmiy aloqa xati yuborildi.

Unda ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash dasturining bugungi kundagi ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan. Jumladan, amalga oshirilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari, ta’mirlangan ko‘chalar hamda obyektlarning aniq manzillari, mazkur yo‘nalishga ajratilgan byudjet mablag‘larining o‘zlashtirilish holati, shuningdek, bajarilgan ishlar natijasida aholi uchun yaratilgan qulayliklar va erishilgan amaliy ko‘rsatkichlar yuzasidan xisobot taqdim etilishi nazarda tutilgan.

Mazkur ma’lumotlar deputatlik nazorati doirasida atroflicha tahlil qilinib, dastur ijrosining samaradorligi baholanadi. Zarurat tug‘ilganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash hamda yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, ijro intizomini mustahkamlash hamda davlat dasturlari ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini ta’minlash ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratining kuchaytirilishi shahar aholisiga yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1