Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H. Sharipov tomonidan tuman Kengashi kotibiyatiga kelib tushgan fuqaroning yer maydonidan foydalanish huquqi bilan bog‘liq murojaati belgilangan tartibda atroflicha o‘rganilmoqda.
👨💼 O‘rganish jarayonida murojaatda bayon etilgan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar tahlil qilinib, yer maydonidan foydalanish huquqiga oid masalaning asl mohiyatini aniqlash maqsadida mas’ul tashkilotlar hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Zaruratga ko‘ra murojaat muallifi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, qo‘shimcha ma’lumot va tushuntirishlar olindi.