Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
MATONAT MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida aholining bir necha marotaba qilgan murojaatlari asosida bolalar maydonchasidagi mavjud holat ko‘zdan kechirildi. Jarayonda maydoncha yer qismiga bolalar xavfsizligi uchun mo‘ljallangan maxsus qoplamalar yotqizilmagani aniqlandi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahallada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsiz o‘yin maydonchalari mavjudligi, obodonlashtirish holati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda obodonlashtirish va xavfsiz muhit yaratishga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar maydonchasida xavfsiz sharoit yaratish hamda aholining murojaatlarini qonuniy tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Matonat mahallasida bolalar xavfsizligini ta’minlash, aholiga qulay muhit yaratish va fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5