O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari tahlil qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash samaradorligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish holati hamda aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.