Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
Samarqand shahar suv ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida mutasaddilar tomonidan korxonaning joriy faoliyati, istiqboldagi rivojlantirish rejalari, ichimlik suvi ta’minoti sifatini yanada yaxshilash hamda aholiga uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, delegatsiya Hamid Olimjon suv inshooti, "Mulion" suv taqsimlash tuguni hamda Samarqand shahar suv ta’minoti laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida suvni qabul qilish, tozalash, taqsimlash va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari, ichimlik suvi sifatini laboratoriya sharoitida nazorat qilish tizimi, mavjud texnik imkoniyatlar hamda sohani modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar ko‘zdan kechirildi.
Mutaxassislar tomonidan suv ta’minoti tizimida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, avariya holatlarining oldini olish hamda ichimlik suvi sifati ustidan olib borilayotgan doimiy nazorat ishlari haqida batafsil axborot berildi.

Deputatlar o‘rganish davomida tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va istiqboldagi investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi tomonidan kommunal xizmatlar sifati, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishdagi investitsiya va infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 8