Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Istiqlol mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Axborot-resurs markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar oyligi” doirasida sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
янв.21
“Kibermakonda xavfsizlik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
G‘alaba shoh ko‘chasida aniqlangan holat joyida bartaraf etildi
янв.21
Zarafshon mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borildi
KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Amir Abralovich Azimov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan Navoiy shahridagi Istiqlol mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida KQ-35-V-sonli qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar hamda ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ular yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni muntazam davom ettirish hamda KQ-35-V-sonli qarorda belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4