Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Istiqlol mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Axborot-resurs markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar oyligi” doirasida sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
янв.21
“Kibermakonda xavfsizlik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
G‘alaba shoh ko‘chasida aniqlangan holat joyida bartaraf etildi
янв.21
Zarafshon mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borildi
#Deputat_faoliyati (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #TashkilotVaDeputatHamkorligi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #IchimlikSuvi (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) #TermizShahar (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) 🗣Deputatlar “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Termiz shahar bo‘limi faoliyatini o‘rgandilar

Belgilangan reja asosida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari R.Mamashukurov va A.Temirov shaharning "Alpomish" mahallasida joylashgan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Termiz shahar bo‘limida bo‘lib, korxona rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

💬Uchrashuv davomida Termiz shahri aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suv xizmatlari samaradorligini oshirish hamda sohaga oid dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

💬Korxona rahbari B.Qosimov tomonidan ta’kidlanganidek, bugungi kunda Termiz shahrida 6 ta guruhli ichimlik suvi chiqarish va uzatish havzasi, 29 ta ichimlik suvi qudug‘i, 39 ta alohida suv chiqarish qudug‘i, 35 ming kub metr quvvatga ega oqova suv tozalash inshooti hamda 9 ta oqova suv ko‘tarish nasos stansiyasi faoliyat yuritmoqda.

💬Ma’lum qilinishicha, shahardagi 37 ta mahallada istiqomat qilayotgan aholining 98,8 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan, qolgan 1,2 foiz aholi esa alohida quduqlar va suv chiqarish moslamalari orqali ichimlik suvidan foydalanmoqda.

💬Shuningdek, korxona tasarrufida 380,8 kilometr ichimlik suvi va 127 kilometr oqova suv tarmoqlari mavjud bo‘lib, ular orqali 46 mingdan ortiq xonadonda yashovchi 133 ming aholi, 97 ta budjet tashkiloti hamda 1 410 ta ulgurji iste’molchiga xizmat ko‘rsatib kelinayotgani qayd etildi.

💬Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan tizimdagi mavjud muammolarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ichimlik suvi quvurlarining ma’nan va jismonan eskirgani, buning oqibatida avariya holatlarining ko‘payayotgani, moddiy-texnik bazani mustahkamlash zarurati, soha xodimlarini munosib rag‘batlantirish va ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash masalalari ko‘tarildi.

💬Shuningdek, aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, uning sanitariya talablariga muvofiqligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish sifati va uzluksizligini yanada oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

💬Uchrashuv yakunida korxona rahbari tomonidan ilgari surilgan takliflar hamda o‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan masalalarni atroflicha o‘rganish, zarur hollarda ularning yechimi bo‘yicha yuqori turuvchi davlat organlari va mahalliy Kengashlarga Kengash so‘rovlari kiritish bo‘yicha kelishib olindi.

🫥Deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi bunday hamkorlik aholini sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, tizimdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2