Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Istiqlol mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Istiqlol mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Axborot-resurs markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yoshlar oyligi” doirasida sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
янв.21
“Kibermakonda xavfsizlik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
G‘alaba shoh ko‘chasida aniqlangan holat joyida bartaraf etildi
янв.21
Zarafshon mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borildi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 22-iyundagi III-30-54-14-202-K/26-sonli “Uchtepa tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalarning amaliy bajarilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📂 Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2026-yil 23-maydagi 02-PA 1/1-2736-son xatida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, yozgi ta’til davrida bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, ma’naviyat, kitobxonlik hamda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.

🇺🇿 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva tomonidan Farhod mahallasidagi 229-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Unda maktab direktori Olimjonova Zuxro Nayimqulovna ham ishtirok etib, qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan batafsil ma'lumot berdi.

📇 O‘rganish davomida mazkur ta’lim muassasasida 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 90 nafar bolaga yaratilgan sharoitlar, ularning yozgi davrdagi mashg‘ulotlari, sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy hamda rivojlantiruvchi tadbirlarni tashkil etish ishlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va harakatli o‘yinlar, ijodiy mashg‘ulotlar, kitobxonlik va tarbiyaviy tadbirlarning sifati hamda samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

📊 Monitoring davomida muassasadagi moddiy-texnik baza, sport maydonchalari, mashg‘ulot xonalari va bolalarning xavfsizligi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish hamda qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📈 Ta'kidlanganidek, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy va ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda turli salbiy illatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Loyiha joriy yilning 5-avgust sanasiga qadar davom etadi. Shu davr mobaynida tuman hududidagi ta’lim muassasalari, mahallalar va boshqa maskanlarda sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, madaniy tadbirlar, ijodiy tanlovlar hamda boshqa ko‘plab loyihalar tashkil etilishi belgilangan.

↗️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan mazkur qaror ijrosi yuzasidan monitoring va nazorat ishlari muntazam ravishda davom ettiriladi. Asosiy maqsad – belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash, bolalar hamda yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Slide 1 of 6