Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, deputat A.Turdiyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu.Hakimovlar tomonidan "Hayrandara" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va mahalla vakillari ishtirokida mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun hamda 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan targ‘ibot va o‘rganish ishlari olib borildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida fikr va mulohazalar qayd etildi.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube