Tibbiyot obyekti qurilishi bilan tanishildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati B.Ochildiyev tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev bilan birgalikda o‘zi saylangan saylov okrugidagi "Yetimqum" mahallasida tadbirkor tomonidan bunyod etilib, yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan xususiy tibbiyot (klinika) obyekti faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, obyektda yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar, tibbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda loyihaning belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalari joyida o‘rganildi.
Shuningdek, mazkur klinika foydalanishga topshirilgach, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hududda xususiy tibbiyot xizmatlari ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram