Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Me’mor” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida hududdagi xavfli daraxt holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati natijasida “Matonat” mahallasidagi yashil hududdagi muammo bartaraf etildi
янв.21
“Orzu” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ijobiy natijalar
янв.21
Umid qo‘rg‘oni hududida piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi
янв.21
Umid MFY I. Karimov ko‘chasidagi daraxt holati o‘rganildi
TUMAN IIB BO‘LIMI RAHBARINING HISOBOTI OLDIDAN JOYLARDA O‘RGANISHLAR O‘TKAZILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

 2026-yilning 2-chorak yakunlari bo‘yicha tuman Kengashining navbatdagi Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman IIB bo‘limi boshlig‘ining hisoboti eshitilishi rejalashtirilganligi munosabati bilan joylarda o‘rganishlar olib borilmoqda.Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrugdagi “Oybek” mahallasida “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.O‘rganish davomida mahalladagi profilaktika inspektori I.Xolovning hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyati tahlil qilindi. Ayniqsa, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.Deputat tomonidan mahallada jinoyatchilikning oldini olish, “Xavfsiz mahalla” tizimini yanada samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida ko‘chalarni videokuzatuv kameralari bilan jihozlash, aholi kam qatnovchi va hilvat hududlarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.Jarayon davomida deputat yig‘ilish ishtirokchilarini navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan Parkent
tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti bilan tanishtirib, mazkur yo‘nalishda fuqarolardan mavjud muammo va takliflari yuzasidan murojaat qilishga chaqirdi.Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi Doimiy
komissiya yig‘ilishi hamda sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalani har tomonlama puxta tayyorlash, tuman IIB bo‘limi boshlig‘ining hisobotini atroflicha tahlil qilishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 2